Ob-havo sinoptiklari taxmin qilganidek bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ib, joylarda qor ham yog‘moqda. Buxoro viloyatidagi oilaviy bolalar uylari esa issiq va shinam. Isitish tizimlari holati haqida Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmalari oldindan o‘ylashmoqda.
Oilaviy bolalar uylarini kuz-qish fasliga tayyorlash o‘z vaqtida boshlandi. Isitish tizimlari va boshqa qo‘shimcha uskunalar tekshirildi. Yong‘in xavfsizligi va tabiiy gazning zararlari bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Bolalarga va ularning ota-onalariga nosoz elektr jihozlardan foydalanish hamda elektr o‘tkazgich simlarining holatiga beparvolikning oqibati nimalar bilan tugashi to‘g‘risida tushuntirildi. Shuningdek, gvardiyachilar bolalar va ota-onalar bilan dildan suhbatlashib, ahvollari to‘g‘risida so‘raganda bolalar “Uyimiz issiq va shinam deya javob berishdi”.
Bundan tashqari, “Tashvish” signalining holati tekshirilib, u qanday ishlashi to‘g‘risida tushuntirildi.