Buxoro viloyatidagi oilaviy bolalar uylari farzandlari doim yozgi taʼtilni oromgohga borib, yozni maroqli o‘tkazishni intizorlik bilan kutadilar.
Mevali daraxtlar, shinam yotoqxonalar, mazali taomlar, go‘zal tabiat qo‘ynidagi musaffo havo, eng muhimi, salqin suvli ulkan basseyn – bu bolalarga katta zavq bag‘ishlaydi.
Oldinda o‘g‘il-qizlarni turli qiziqarli o‘yinlar, kuchlilar, eng epchil va mohirlar uchun musobaqalar kutmoqda. Taʼtilda bo‘sh vaqtini mutolaa qilish bilan o‘tkazishni afzal ko‘radiganlar uchun esa turli janrlagi adabiyotlar tanloviga ega kutubxona mavjud.
Bir so‘z bilan aytganda, oromgohdagi yozgi taʼtil qiziqarli va unutilmas o‘tadi.