An’anaga ko‘ra, Yangi yil bayrami arafasida Bolalar psixologiyasi markazi va Milliy gvardiya hamkorligida “ Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli tadbir tashkil etildi. Bu safar o`g`il-qizlarga qiziqarli kasblar olamiga sayohat uyushtirildi.
Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari va ularning ushbu turdagi tadbirni o‘tkazishdagi doimiy yordamchilari – M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filiali talabalari bayramni nafaqat qiziqarli, balki foydali o‘tkazishga harakat qilishdi.
Tadbirni Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ochib berdilar, ular qo’l jangi bo’yicha ko‘rgazmali chiqishlarida chaqqonlik, kuchli jismoniy tayyorgarlik va qo‘l jangi mahoratini namoyish etishdi. Shundan so’ng, ishtirokchilar va mehmonlar e’tiboriga “Marvarid” xoreografik studiyasi hamda Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazi xonandasi, mashhur “X- Factor” shousining o‘zbek tiliga moslashtirilgan versiyasi g‘olibi Davronbek Abdusalomovlarning musiqiy chiqishlari havola etildi.
Va nihoyat, kelajakka sayohat loyihasiga start berildi. Axir tarbiyalanuvchilarni turli kasblar bilan tanishtirish va, ehtimol, ularni kelajakda o’z kasbini tanlashlariga yo’naltirish tashkilotchilarning ayni maqsadi edi.
Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazining yorqin bezatilgan zalida bolalar Milliy gvardiya xodimi, oshpaz, shifokor, qo‘g‘irchoqboz, rassom-dizayner, arxitektor, florist, vizajist, stilist, shuningdek, aktyorlik asoslarini o'rganib, robototexnika sohasida o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi. O'g'il-qizlar kasbini yaqinda egallagan va uzoq yillik tajribaga ega haqiqiy mutaxassislardan bilim olishdi. Gvardiyachilar bolalarga o‘zini-o’zi himoya qilish usullarini o‘rgatishdi. Poytaxt restoranlaridan birining tajribali oshpazi rahbarligida bolalar bayram dasturxoni uchun gazak, tortlet, to‘g‘ralgan meva va sabzavotlarni chiroyli bezashni ko’rsatib berdi. Amaliyotchi shifokor o'zi tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan "uskunalar" yordamida laparoskopiya qanday amalga oshirilishini ko'rsatdi va shu bilan birga yomon odatlar va sog'lom turmush tarziga e'tiborsizlik oqibatlari haqida gapirib berdi. Art-studiyaning rassom-dizayneri guash bilan rasm chizish bo‘yicha mahorat darsini o‘tkazdi. Albatta, rasmlarning mavzusi Yangi yil va u bilan bog'liq belgilar bo’ldi. “Toshkent gullari” do’konining floristlari guldasta yasash qoidalari haqida gapirib berishdi. “Ollee” kosmetika kompaniyasi vakillari bolalarga bayramona bo'yanish va yorqin imidj yaratish san'atini o'rgatishgan bo’lsa, robototexnika to‘garagi o‘qituvchilari esa bolalarga ajoyib sovg‘a bo‘lishi mumkin bo‘lgan mini-ventilyator, stol mayatnik va boshqa oddiy, ammo noodatiy o‘yinchoqlar ko‘rinishida mustaqil ravishda suvenirlar yasashni ko‘rsatishdi. Toshkent arxitektura-qurilish institutining 4-kurs talabasi me’morlik kasbi haqidagi ma’ruzasi bilan bolalarni hayratga soldi, uning rahbarligida bolalar har xil bino va inshootlarni loyihalashtirdi. S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent shahar filialining 3-kurs talabalari aktyorlik san’ati sirlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri aktrisasi, Davlat san’at va madaniyat instituti 4-kurs talabasi bilan birgalikda qo‘g‘irchoqlarni boshqarish bo‘yicha mahoratlarini namoyish etib, qo'g'irchoqbozlik tarixi, qo'g'irchoqlarni yaratish jarayonlari, aktyorlar uchun niqoblar yaratish haqida suhbatlashishdi. Darvoqe, institut talabasi 22-sonli Mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi.
Qiziqarli tadbirlardan so'ng, bolalar Sehrgar bilan uchrashuv, Qorbobo va Qorqizning bayram dasturi, shuningdek, raqs kechasi va, albatta, uzoq kutilgan sovg'alar bilan bo'lishdi.