Buxoro viloyatidagi oilaviy uylar farzandlarining “Buxoro-Varnet” MCHJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi issiqxona majmuasiga sayohati taassurotlarga boy bo‘ldi. Bolalarga mutaxassislar “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasi va ushbu issiqxona majmuasini tashkil etish, shuningdek, gidroponika texnologiyasi, yaʼni pomidor yetishtirishda foydalaniladigan tuproqsiz, ozuqaviy eritmalardan foydalangan holda o‘simliklarni yetishtirish haqida so‘zlab berishdi. Ular issiqxona haqidagi maʼlumotlardan ekologiya va tabiatga hurmat, suvni tejash va mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga ko‘plab zamonaviy texnologiyalarning joriy etilayotganini bilib olishdi.
Gollandiyada qurilgan namunalar bo‘yicha bunyod etilgan issiqxona bolalarda katta taassurot qoldirdi. Respublikamizdagi yagona shunday issiqxona xorijlik sayyohlarni ham o‘ziga jalb etmoqda. Bolalar xovuzdagi go‘zal baliqlarni, tepada yorqin patlari uchayotgan qushlarni tomosha qilishib, ularning sayrashini tinglashdi. Ajoyib issiqxonaga ekskursiya bolalarda agrosanoat majmuasi, hayvonot va o‘simliklar dunyosiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.