Chirchiq shahridagi 3-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari o‘z tadbirini shunday nomlab, konsert dasturini Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishladi. Yoshlar dunyo, Vatan va yurt himoyasi, yurtdoshlarining tinchligi va baxt-saodati yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar haqida qo‘shiqlar kuylab, ifodali she’rlar o‘qishdi.
O'qituvchilar maktab o'quvchilariga raqslar guldastasi va teatrlashtirilgan sahna asarlarini tayyorlashda, repertuar tanlashda yordam berishdi. Konsertga taklif etilgan mehmonlar, jumladan, hokimiyat vakillari, 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yosh iste’dod sohiblarini olqishlar bilan qoʻllab-quvvatlashdi.