O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan joriy yil 16 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan farzandlarimiz salomatligi uchun Milliy gvardiya viloyat boshqarma boshliqlari shaxsan javobgar ekanligi belgilab berildi.
Yig‘ilishda berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, ishchi guruh aʼzolari tomonidan Qo‘shtepa, Farg‘ona, Quva va Toshloq tumanlaridagi Oilaviy bolalar uylaridagi 9 nafar farzandga Farg‘ona viloyati Bolalar markaziy shifoxonasida malakali mutaxassislar bilar birgalikda tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi va tegishli muolajalar tayinlandi.
Jumladan, Qo‘shtepa tumanidagi "Mustaqillik oilam – kelajagim poydevori" Oilaviy bolalar uyi farzandlari Safiya va Vladimirga hamda "Oila baxtim quvonchim" Oilaviy bolalar uyi farzandi Veneraga malakali mutaxassilar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatildi. Xususan, Safiya va Venera oftalmolog tekshiruvidan o‘tkazilib, tegishli tahlillar olindi va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun ushbu shifoxonaning jarrohlik bo‘limiga yotqizildi. Vladimir esa lor tekshiruvidan o‘tkazilib, unga zarur muolajalar belgilandi.
Quva tumanida "Saxovat mehridaryo" Oilaviy bolalar uyi farzandlari Lilya, Madina va So‘g‘diyona tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, tegishli tahlillar olindi. Madina va So‘g‘diyonaga zarur muolajalar belgilandi, Lilya esa ko‘z operatsiyasini qildirish uchun jarrohlik bo‘limiga yotqizildi.
Toshloq tumanida "Yangi davr kelajak avlodlari" Oilaviy bolalar uyi farzandlari Odina va Qobiljon ham tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, endokrinolog tomonidan zarur muolajalar tayinlandi.
Farg‘ona tumanida esa "Buyuk yurt farzandlari" Oilaviy bolalar uyi farzandi Muhammadqodir ortoped tomonidan tekshirilib, unga operatsiyadan oldingi davolanish jarayonlari belgilandi.