Ota-ona mehridan mahrum va nogironligi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda Prezident rahbarliklarida olib borilayotgan siyosatning bir qismi bo‘lib turibdi.
Bu toifadagi bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida, uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatda turgan 7 nafar mehribonlik uylarida tarbiyalangan va mustaqil hayotga qadam qo‘ygan chin yetim bolalarga zamonaviy taʼmirlangan, to‘liq jihozlangan uy-joylar topshirildi.
Tadbirda, tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari, viloyat va tuman tashkilotlaridan vakillar ishtirok etishdi.
Manba: URGUT TUMANI HOKIMLIGI