Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi dala-o‘quv maydonida Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari bir kunlik boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tab, quroldan amaliy o‘q otish mashqini bajarishdi.
Dala o‘quv maydonining turli o‘quv nuqtalarida okrug qo‘mondonligi, malakali ofitser va serjantlar rahbarligida yuqori sinf o‘quvchilarining jangovar qurollar bilan muomala qilishni, ulardan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Birinchi marotaba quroldan amaliy o‘q otish mashqlarini bajargan yoshlar 100 metr uzoqlikda turgan nishonlarga qarata 3 donadan o‘q uzib, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.