Poytaxtimizdagi “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari vakillari bilan birgalikda 95 yoshni qarshilagan Ikkinchi Jahon urushi faxriysi Afanasiy Danilovich Ivanov va fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadan bir oy muqaddam tug‘ilgan Vera Anatolevna Juravskaya xonadoniga tashrif buyurishdi.
21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘zlari Ikkinchi jahon urushi faxriylari va o‘sha mudhish yillarda tug‘ilganlarni ziyorat qilish tashabbusi bilan chiqib, faxriylarga sovg‘alar, gullar hamda tabriknomalarni tanladilar. Shu bilan bir qatorda, tadbir davomida bolajonlar urush yillari, tinchlik va Vatanga muhabbat haqidagi sheʼr va qo‘shiqlar kuylashdi.
Uchrashuv do‘stona hamda juda iliq muhitda bo‘lib o‘tdi.