Buxoro viloyati Mehribonlik uyi bitiruvchisi Umidjon Berdiyev voyaga yetgach, oʻz hayotini oʻzi tartibga solishga harakat qildi. Boshida Umidjonga oson boʻlmadi. Bir muncha vaqt hattoki qoʻshni davlatda ishlashiga ham toʻgʻri keldi. Lekin kasb-hunarsiz, taʼlimsiz bu qiyin, albatta.
Mamlakatimizda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun oliy oʻquv yurtlariga kirishda imtiyozlar joriy etilganligi haqidagi xabarni oʻqib, Umid oʻz vataniga qaytdi.
Unga hujjatlarni toʻplashda harbiy xizmatchilar tomonidan amaliy yordam berilib, imtiyoz asosida qabul qilish tartibi tushuntirildi. Umidjon Nukus Konchilik institutining mashinasozlik fakultetini tanladi va talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻldi.