Poytaxtimizdagi 21-sonli Mehribonlik uyining uch nafar tarbiyalanuvchisi oila va uy-joyga ega boʼldi. Mazkur quvonchli voqeaga yaʼni oilaning birlashishida Toshkent shahar harbiy prokuraturasi xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining birgalikdagi harakatlarining oʼrni kattadir. Natijada, qiz va uning ikki nafar ukasi oʼz xolasi bagʼridan joy oldi. Mehribonlik uyi tarbiyachilari, doʼstlari bilan xayrlashar ekan, oʼsmirlar ularni hech qachon unutmaslikka vaʼda berishdi va boshqa oʼquvchilarga ham tezroq oila muhitiga qaytishlarini tilashdi.