O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Maʼrufova Gulnora Maxmudovna Qoraqalpog‘iston Respublikasini Taxiatosh tumaniga tashrifi davomida ko‘p yillar davomida 1-sonli “Mehribonlik uyi”da tarbiyachi bo‘lib, o‘tgan yilning sentyabr oyida ikki qiz va uch o‘g‘ilni tarbiyasiga olgan Bekzod Muratboyevich va Dildora Baxtiyarovnalar xonadoniga tashrif buyurdi.
Bugun turmush o‘rtoqlarning uch farzandi va ularning besh nafar yangi farzandi inoq va mustahkam oilada istiqomat qiladi.
G.Maʼrufova bolalarning yashash sharoiti bilan tanishdi, o‘quv yilini qanday yakunlagani, kundalik muammolari bilan qiziqdi.