Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida ("yangi O‘zbekistonda inson qadri, xalq manfaati-eng oliy qadriyat!") xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan,Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tomonidan Oilaviy bolalar uyi farzandlari, Mehribonlik uyi bitiruvchilari hamda vasiylik va homiylikka olingan bolalar holidan xabar olindi. Tashrif davomida har bir xonadon farzandini Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, iliq tilaklar bildirildi, shuningdek, bolajonlarga sovg‘a – salomlar ulashildi.