Havoning ilishi munosabati bilan 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvlari Chirchiq shahridagi "Nur" mahallasidagi do‘stlari bilan imkoniyatni qo‘ldan boy bermasdan, boʻsh vaqtlarini birgalikda qiziqarli va foydali oʻtkazishga qaror qilishdi. Sizningcha oʻsmir yoshdagilarga nima koʻproq yoqadi? Albatta, jamoaviy oʻyinlar va sport.Bir-ikki kun davomida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va mahalla jamoalari o‘yinga qizg‘in hozirlik ko‘rishdi. Shundan so‘ng, o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Oʻyin qiziqarli, keskin vaziyatlarga boy boʻldi. Jamoa aʼzolari yosh va havaskor sportchi boʻlishiga qaramasdan, yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligi bois qiziqarli o‘yinlari bilan tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻldi.