O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 oktyabrdagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Kogonlik 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga barcha sharoitlarga ega zamonaviy uy-joylarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari M.Hamrayev, Kogon shahar hokimi H.Davlatov, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik J.Shernazarov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yoshlarga yangi uylarning kalitlarini tantanali ravishda topshirdilar.
Tadbirda so‘z olganlar, yangi xonadon sohib va sohibalarini quvonchli kun bilan samimiy tabriklab, bugungi kunda mehrga muhtoj bo‘lgan farzandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida viloyatimizda davomiy ishlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidlab o‘tdi.