Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Karmana tumanida joylashgan “Ishonch” va Qiziltepa tumanida joylashgan “Tabassum”, “Qiziltepa” oromgohlarida 3-davra jarayonlaridagi “Harbiy vatanparvarlik kuni” tadbirlari tashkil etildi.
Harbiylar bilan uchrashuvda ayniqsa “Tabassum” oromgohidagi bolalar tomonidan tayyorlangan jangovor sahna ko‘rinishlari tahsinga loyiq.
Qiziqarli, harbiy vatanparvarlik ruhida o‘tgan uchrashuvlarda o‘z savollari, fikrlari bilan hamda sahna ko‘rinishlarida faol ishtirok etgan bolajonlar tashkilotchilarning diplomlari bilan taqdirlandilar.