Norin tumanida joylashgan “Norin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari bolalar uchun tadbir o‘tkazishdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, maktab o‘quvchilarining mazmunli dam olishini tashkil etish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Harbiy texnikalar namoyishi va harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari bolalarda katta taassurot qoldirdi. Bolalar sport musobaqalarida qatnashishdi, gvardiyachilar bilan shaxmat o‘ynab, kamondan otishdi. Eng qizig‘i shundaki, tadbir davomida bolalar gvardiyachilar bilan norasmiy ravishda suhbatlashib, ulardan xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari hamda harbiy taʼlim muassasalari va o‘qishga kirishga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida so‘rashdi.