O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Adliya vazirligida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi

26.11.2021 1416

Bugun, 26-noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Mehribonlik uylarining 9-11-sinf tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi.

Maʼlumot uchun: 1954-yil “20-noyabr – Jahon bolalar kuni” sifatida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan va har yili ushbu kun butun dunyo bolalar kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari dastlab vazirlikning markaziy apparatidagi tarkibiy boʻlinmalari ish jarayoni bilan tanishib, vazirlik kutubxonasiga sayohat qilishdi.

Yoshlar vazirlik va muzey boʻylab ekskursiya davomida huquq muhitiga shoʻngʻib ketdilar, huquqshunoslik tarixi, adliya tizimi, organlari va muassasalari bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari, ochiq muloqot davomida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek ularning yuridik taʼlimga hamda yuridik sohaga boʻlgan qiziqishini orttirish maqsadida mutaxassislar tomonidan taqdimotlar ham tashkil etildi.

Yoshlar tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti, akademik litsey va yuridik texnikumlarga o‘qishga kirish uchun topshiriladigan fanlar to‘plami, o‘qish jarayonlari hamda chet tillariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonida atroflicha javob berildi. 

Tadbir soʻngida yoshlarga vazirlikning esdalik sovgʻalari, jumladan, yoshlar huquqlari boʻyicha “Yoshlar ensiklopediyasi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitoblari topshirildi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini Adliya vazirligiga tashrif buyurishi, uning tarixi va faoliyatini oʻrganishi hamda mutaxassislar bilan muloqot qilishi ularni kelajakda huquqshunoslik kasbini tanlashiga turtki boʻlib xizmat qiladi.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi