Mazkur marafon Milliy gvardiya tashabbusi bilan Qurolli Kuch kuch tuzilmalari, Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilib, unda barcha ishtirokchilar jamoa bo‘lib g‘oliblik uchun kurashdilar.
Xalqimizda bo‘ladigan bola boshidan maʼlum deb bejizga aytishmagan. Marafonda sportchi akalari bilan bir qatorda uzoq masofaga yugurib ketayotgan bolajonlar barcha tadbir ishtirokchilarining eʼtirofiga sazovor bo‘lishdi. Yuksaklik sari intilayotgan bu yosh sportchilar kelajakda xalqaro musobaqalarda qatnashib,yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishiga umid qilamiz