Davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan joylarda "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! shiori ostida ezgu va xayr-sahovatga yo‘g‘rilgan tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida, viloyat hokimligi hamda Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ijtimoiy ahvoli og‘ir, tibbiyotga ehtiyoji bor yoshlar o‘rganilib chiqildi. O‘g‘il-qizlarning hayot tarzini yaxshilash, salomatligini tiklash, tibbiyot muassalarida davolanish uchun “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 4 nafar bolalarning har biriga 5 million so‘mdan moddiy yordam pullari ajratilib, tantanali tarzda topshirildi. Ko‘rsatilgan bu kabi eʼtibor va g‘amxo‘rliklardan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan bolajonlar hamda ularning yaqinlari masʼullarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.