O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Toshkentda “Mehribonlik” uyining yana 10 nafar sobiq tarbiyalanuvchilari boshpana bilan taʼminlandil

14.8.2023 871

Avvalroq xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab Milliy gvardiya va hokimiyat masʼul vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, ularning vazifasi taʼlim muassasalarining sobiq tarbiyalanuvchilari turmush sharoitini o‘rganishdir.

Natijada, mavjud uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj yoki davlat tomonidan belgilangan xonadonlarni ololmayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan 248 nafar yigit-qiz aniqlandi. Ro‘yxatga kiritilgan har bir yoshning uy-joy masalasi bosqichma-bosqich hal etilayotgani Mehribonlik.uz saytidagi maʼlumotlarda keltirilmoqda.

Navbatdagi xonadonlarga bu safar Toshkent Mehribonlik uylarining 10 nafar sobiq tarbiyalanuvchilari ega bo‘ldi. Ulardan besh nafari 30-sonli taʼlim muassasasida, to‘rt nafari 21-sonli muassasada va bir nafar qiz esa 23- sonli “Mehribonlik” uyida ulg‘aygan.

Balog‘at yoshiga yetgach yuqoridagi o‘n nafar sobiq tarbiyalanuvchilar poytaxtning Chilonzor, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi yotoqxonalarga joylashtirilgan. Yoshlarning yashash sharoitlari og‘ir ahvolda edi: yashash xonalari, umumiy oshxona, hammom va hojatxona kapital taʼmirga muhtoj bo‘lgan. Bundan tashqari, qizlarning ko‘pchiligi farzand katta qilmoqda...

Ularning eng yoshi takkasi shu yilning sentyabr oyida 30 yoshga to‘ladi, eng kichigi dekabrda 26 yoshga to‘ladi. Yaʼni, sobiq tarbiyalanuvchilarning biri yetti yil, yana boshqasi esa o‘n ikki yil mobaynida uy-joy bilan bilan bog‘liq muammoning yechimini kutib yashaganlar.

Yaqinda esa ushbu o‘n nafar sobiq tarbiyalanuvchilarga Sergeli, Yashnobod, Chilonzor, Mirobod va Mirzof Ulug‘bek tumanlarida joylashgan xonadon kalitlari topshirildi.

Xonadonlar to‘liq jihozlangan, mebel va zarur maishiy texnika, xonadon ichida hammom, oshxonasi va hojatxonasi bor.

Yoshlar g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan davlatimizdan cheksiz minnatdor.