Bugun va ertaga butun O‘zbekistonda bo‘lgani kabi Toshkent shahrida ham hukumat qaroriga muvofiq “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Poytaxt maktablari va unga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur xayriya tadbirlarida o‘qituvchilar bilan birgalikda Milliy gvardiya Toshkent shahri bo’yicha boshqarmasining ta’lim muassasalariga biriktirilgan inspektor-psixologlari ham ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston Mustaqilligining 33 yilligi bayrami hamda maktabni yangi o‘quv yili uchun obodonlashtirish istagidan ruhlangan harbiy xizmatchilar va o‘qituvchilar hududni qurigan novda va barglardan tozalashmoqda, gul va daraxtlar ekishmoqda. Bir so’z bilan aytganda bilim dargohini yanada go'zal bo’lishiga o’z hissalarini qo’shishmoqda.