Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida istiqomat qiluvchi Lazizbek Tohirovich va Hulkar Bahodirovnaning olti farzandi– Javlonbek, Nurjahon, Madinabonu, Sabrina, G‘ofurbek va Manzura bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazishni yoqtirishadi. Kuni kecha bolajonlar va ularning ota-onalari Hazrat Sulton Mirxaydar maqbarasini ziyorat qildilar. Majmuada joylashgan maqbaralar bir necha asrlar davomida bosqichma-bosqich shakllangan. Mazkur nekropol ko‘z oldimizda uchta hovlidan iborat yopiq maydon bilan kesishgan va yarim ochiq joylar to‘plami shaklida namoyon bo‘ladi. Majmuaning qadimiy poydevori XI – XVI asrlarga oid Sulton-Mir-Haydar maqbarasiga tegishlidir.