Taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramog‘isiz qolgan va “Mehribonlik” uyida taʼlim-tarbiya olgan ikki nafar yoshga yaqinda ulariga ajratilgan xonadonlar kalitlari topshirildi. Muxtasar aytganda, bayram qilishga arzirli sabab bor. Chunki bu yangilik har ikki yoshning hayotidagi muhim hodisalardan biri hisoblanadi. Qahramonlarimiz – Asadbek Abduxolloqov Yaypan tumanida, Abduxoliq Burxoniddinov esa Farg‘ona shahrida yashaydi.
Kalitlar Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi hamda viloyat va tuman hokimliklari vakillari ishtirokida topshirildi. Yigitlar yetim hamda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun Hukumatimizga minnatdorchilik bildirishib, uy-joyga ega bo‘lish – katta hayotga qo‘yilga eng sobit qadam ekanligini taʼkidladilar.