Yurtimiz kelajagi boʻlmish har bir oʻsib kelayotgan yoshlarning hayotda munosib oʻrin egallashi ayni vaqtda jamiyat va davlatning doimiy eʼtiboridagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Yoshlarni kasb tanlashga yoʻnaltirish, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi esa muhim ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi va Buxoro harbiy prokuraturasi hamkorligida Romitan tumani Gazli shaharchasida joylashgan 36-umumta‘lim maktabi o'quvchi qizlari o‘rtasida "Men vatanparvarman" shiori ostida ko'rik tanlov o‘tkazildi.
Ushbu ko‘rik tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoalar Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Buxoro harbiy prokuraturasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.