Vatanparvarlik oyligi doirasida joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent viloyati bo‘yicha harbiy qism harbiy xizmatchilari Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurdi.
O‘quvchi yoshlarning maʼnan yuksalishi va teran fikrlay olishida katta rol o‘ynaydigan tarixiy va badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Qism badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tarbiyalanuvchilar ko‘nglini shod aylab jo‘shqin kayfiyat baxsh etdi.