Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodni intellektual salohiyatli, mard va jasur, insonlar bo‘lib ulg‘ayishida xizmat qilib kelmoqda. O‘g‘il-qizlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptirishda Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasining inspektor psixologlari tomonidan hududlarda yoshlar, uyushmagan yoshlar va otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash mehanizmi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yoshlar o‘rtasida turli vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Vatanparvarlik oyligi doirasida Samarqand shahridagi O‘zbekiston SOS bolalar mahallasi Samarqand filialida o‘tkazilgan tadbir ham aynan shu maqsadlarga qaratilidi. Yig‘ilganlar uchun harbiylar tomonidan turili ko‘rgazmali chiqishdar va ko‘rinishlar namoyish etildi. Ayniqsa, tashkil etilgan qurol-aslahalarning ko‘rgazmasi, mutaxassisalar tomonidan qurollarni qayerda va qanday ishlatish tartiblari tshg‘risida berilgan ma’lumotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Albatta, hududlarda o‘tkazilayotgan vatanparvarlik tadbirlari yoshlarni bir maqsad sari birlashtirib, ularning qalbida vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘ularini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.