Vatanparvarlik tadbiri Nukusdagi 50-sonli umumta'lim maktabida o'tkazildi. Tadbir harbiy xizmatchilarning faoliyati, maxsus quruvchilar namoyishi, o'q otish mashg'ulotlari va favqulodda vaziyatlardagi foydalaniladigan asbob-uskunalar tanishtirish asosida o'tdi. Mazkur tadbir yoshlar orasida Vatanga bo'lgan muhabbat, g'urur va mas'uliyat hissi yanada kuchaytirishga yordam berdi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona Vatanga bo‘lgan sadoqat va muhabbatini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Nukus shahridagi 50-sonli umumta’lim maktabida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga harbiy xizmatchilar faoliyati yaqindan tanishtirildi. Xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan amaliy mashqlar yoshlar qalbida katta qiziqish va unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Shuningdek, tadbir doirasida Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi tomonidan harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ularning vazifasi va qo‘llanilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan esa favqulodda holatlarda va tinchlik davrida foydalaniladigan maxsus texnika hamda asbob-uskunalar tanishtirildi.
Bundan tashqari, o‘quvchilar uchun o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazilib, bu jarayon yoshlarning merganlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, jasorat va dadillik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Mazkur vatanparvarlik tadbiri yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va mas’uliyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib, ularning kelajakda Vatan himoyachisi bo‘lish yo‘lidagi intilishlarini yanada mustahkamladi.