Kuni kecha Milliy gvardiya va Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi tomonidan Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 7 ta oiladan 60 nafar o‘g‘il-qizlarning Toshkentga sayohati tashkil etildi. Qiziqarli taassurotlarga boy bo‘lgan sayohat davomida bolalar Anhor istirohat bog‘ida ham bo‘lishdi. Har xil diqqatga sazovor, ko‘ngilochar o‘yingohlarda o‘tkazilgan bu kun bolajonlarga birdek manzur bo‘ldi