Chirchiq shahridagi 14-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbir fotolavhalari bilan bo‘lishdilar.
Bolalar biroz boshqacha ko‘rinishda noanʼanaviy tadbir tashkil etishga qaror qildilar va sport musobaqasini tashkillashtirdilar. Musobaqa Davlat madhiyasini jo‘rlikda ijro etish bilan boshlandi.
Bolajonlarning so‘zlariga qaraganda ular o‘zlarining kuch, epchillik va jismoniy tayyorgarliklarini namoyish etishni, shuningdek, g‘oliblarni taqdirlash marosimida huddi haqiqiy xalqaro sport musobaqalaridek Davlat madhiyasini eshitishni istashgan. “Quvnoq startlar” da ishtirok etish uchun bolalar guruhlarga bo‘lindilar. Musobaqalar arqon tortish, xalqalardan qoplarda sakrash singari bir necha bosqichda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar kubok bilan taqdirlandilar.