Bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanib, sayohatga chiqish albatta, kishiga o‘zgacha zavq, faxr-iftixor bag‘ishlaydi.
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi boshchiligida "Oilaviy bolalar uyi" farzandlari uchun Jondor tumanida joylashgan “Qiz bibi” ziyoratgohiga sayohat tashkil qilindi.
Tashkil etilgan ushbu sayohat va ziyoratdan ko‘zlangan maqsad, Vatanimizning shonli tarixiga hurmat, mehr-muhabbat tuyg‘ularini yana-da oshirish hamda tabiyalanuvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bunday eʼtibordan barcha sayohatchilar mamnun bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatda ziyoratdan qaytishdi.