Angor tumanida "Maʼnaviyat festivali" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Joriy yilning 12 sentyabr kuni Yangi Turmush mahallasida "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan so‘ng, poytaxtimizdan el sevgan sanʼatkorlar, aktyorlar va so‘z ustalari, shoirlar va ijodkorlar 8 nafar bolani o‘z qaramog‘iga olgan Komil Hoshimov va Zamira Normurodovalar xonadoniga tashrif buyurib, bolajonlar bilan dildan suhbat qurishdi. Taniqli sanʼatkorlar va kino aktyorlarining Oilaviy bolalar uyiga tashrifi bolajonlarda iliq taassurot qoldirdi.