Milliy gvardiya Markaziy devoni boshqarma boshlig‘i L. Yaxshilikov Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida viloyatning Karmana tumanida joylashgan «Yangi zamon bolalari» Oilaviy bolalar uyida bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu oilada Dilbarxon opa va G‘ulomjon aka to‘rt nafar qiz va beshta o‘g‘il farzandni voyaga yetkazmoqdalar. Oila farzandlari va ota-onalar yozgi taʼtil kunlari qanday o‘tayotganligi, oilaviy bayramlar qanday nishonlanishi, kechki paytgi kitobxonliklar va hamma dasturxon atrofida yig‘ilgach bir piyola choy ustidagi samimiy suhbat qurish anʼanasi haqida gapirib berishdi. Milliy gvardiya vakili o‘z navbatida, ota-onalar va bolalarga yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday davlat dasturlari amalga oshirilayotgani haqida maʼlumot berib, bolalarning xohish-istaklari bilan qiziqdi.