Milliy gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi, Norin tumani hokimi hamda mas'ul vakillar tomonidan tumandagi Oilaviy bolalar uyi farzandlari holidan xabar olinib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi yil kayfiyatini ulashish maqsadida tuman hokimligi tomonidan ajratilgan televizor va bayram sovg‘alari topshirildi.
Bolajonlar ham o‘z navbatida o‘zlari yod olgan she'rlari orqali minnatdorchiliklarini izhor qilishdi. Ayniqsa bayram qahramoni Qorbobo tomonidan berilgan yangi yil sovg‘alari bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi.