Qashqadaryo viloyatida ham 14 ta “Oilaviy bolalar uylari” o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Viloyatga Respublika ishchi guruhi tarkibida tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik U.Azimov, viloyat qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.Muxsimovlar Qarshi shahridagi “Aral-ovul” MFYda Sh.Suyunov tomonidan tashkil etilgan “Oilaviy bolalar uyi”ga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida, bolalar bilan qizg‘in suhbat qurildi va ularga esdalik sovg‘alari ulashildi. Shuningdek, oila muhitida tarbiya topayotgan taʼlim muassasalarini bitiruvchilari bo‘lgan qizlar bilan suhbatda ularning qaysi kasbga qiziqishi tinglanib, kelgusida Milliy gvardiya bo‘linmalariga xizmatga qabul qilinishi yuzasidan fikr mulohozalar bildirildi.