Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularning to‘laqonli aʼzosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Firdavs” maxsus bog‘cha-maktabga tashrif buyurib tarbiyalanuvchilar holidan xabar olindi. Mazkur ixtisoslashtirilgan bog‘cha-maktab imkoniyati cheklangan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,bu yerda 10 nafar 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyalanib kelinmoqda.
Tashrif mobaynida mazkur muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, bolajonlarning tarbiyasi hamda psixologik-ruhiy holati bilan yaqindan tanishildi.