Farg‘ona davlat universitetida tahsil olayotgan Mehribonlik uyi bitiruvchilarini ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul harbiy xizmatchilari hamda mazkur universitet prorektori F.Otaqulov ishtirok etdi. Tadbir davomida universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-moddiy bazasi, Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.