O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Ulg‘ayib kelayotgan avlodni tarbiyalash – milliy kadrlarni tayyorlashning ilk pog‘onasi

4.11.2023 1180

Malakali, o‘z ishini yaxshi bilgan mutaxassislar davlatning va iqtisodiyotning istalgan sohasi uchun juda zarur. Zero, yuqori malakali kadrlar mamlakat taraqqiyoti, el-yurt farovonligiga juda katta hissa qo‘shadi. Mutaxassis tayyorlashning birinchi pog‘onasi – ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlangan shaxs qilib, dunyoqarashi keng, bilimdon, ziyrak, jismonan kuchli, chaqqon qilib tarbiyalashdir.

Bugun Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik” uyida Milliy gvardiya vakillari bolalarni sport bilan shug‘ullanishi, rasm chizish, raqs, kitob mutolaa qilish va boshqa mashg‘ulotlar o‘tkazishga qaratilgan qator tadbirlar uyushtirdi.

“Mehribonlik” uyi hududi bir nechta maydonchalarga ajratildi. Misol uchun, maydonchalardan birida bolalar kuch sinashib, arqon tortishdi va tosh ko‘tarishdi. Boshqa maydonchada ishtirokchilar qo‘lni belga qo‘ygan holda tish bilan do‘ppi ko‘tarishdi. Milliy sport turlari bilan shug‘ullanish shu darajada qizg‘in o‘tdiki, yosh kurashchilar va “lyanka” o‘yini havaskorlari namoyishlar ko‘rsatishdi.

Shuningdek, bir tomonda rassomlar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Bolalar va qizaloqlarga ekologiya, atrof-muhitni himoyalash mavzusida rasmlar chizish vazifasi berildi. Yaʼni, tanlov ishtirokchilari nafaqat rassomlik qobiliyatini namoyish qilish, balki ekologiya masalasi haqida bilimini ko‘rsatishi kerak edi. Bolalar sitqi dildan harakat qilishdi. Eng yaxshi rasmlar “Tozalik” loyihasiga jo‘natiladi va ijtimoyi tarmoqlardagi loyihaning axborot resurslariga chiqariladi.

Maʼnaviyat va maʼrifat mashg‘ulotlari zalida esa bolalar va qizaloqlar chinakam teatrlashtirilgan spektakl namoyish etishdi. Teatrlashtirilgan miniatyuralar tomoshabinlarga nafaqat bolalarning rol o‘ynashdagi qobiliyati haqida xulosa qilish imkonini berdi. Birinchi navbatda yosh isteʼdodlardan milliy anʼana va urf-odatlarni, jumladan, mehmondo‘stlik anʼanalari, to‘y marosimi hamda milliy taomlar, qo‘shiqlar, raqslar va askiya mahorati kabilarni bilishi talab etildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda “Mehribonlik” uyi barcha tarbiyalanuvchilarini qamrab olgan, tanlov va musobaqalarga boy tarzda o‘tgan tadbir o‘z nihoyasiga yetdi. Sport musobaqalari g‘oliblari medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, boshqa tanlov ishtirokchilari ham sovg‘asiz qolmadi. Milliy gvardiya Markaziy devoni vakillari bolalarga sovg‘a va mukofotlarni topshirib, har bir qatnashuvchiga faol ishtiroki va harakati uchun minnatdorchilik bildirishdi.