Andijon shahrida joylashgan 1 – sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari juda ajoyib ishga qo‘l urdilar. Ular o‘z qo‘llari bilan bayram tabriknomalarini tayyorlab qurolli kuchlarimiz tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar va xodimlarga taqdim etdilar. Bolalar yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi posbonlariga samimiy tilaklarini bildirishdi.