Joriy yilning 4-18 fevral kunlari Buxoro viloyatida voyaga yetmagan bolalarni vasiylik, homiylik va patronatga olgan va olish istagini bildirgan ota-onalarga zarur hayotiy bilimlar berish maqsadida o‘quv-kurslari boʻlib oʻtdi.
O‘quv kursi yakunida ota-onalarning voyaga yetmagan bolalar bilan ishlashda yangi psixologik metodlardan foydalanish, bolalar o‘rtasida turli ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan egallagan bilimlari sinovdan oʻtkazilib, 2 hafta davomida malaka oshirgan 42 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.