Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan Quva tumanidagi Matmurodovlar hamda Hakimovlar oilalarida tarbiya topayotgan farzandlarning holidan xabar olinib, ular bilan yakka tartibda va jamoaviy psixologik hamda psixodiagnostik yo‘nalishda suhbatlar olib borildi.
Dildan kechgan suhbat davomida balog‘at yoshida yuzaga keluvchi o‘zaro muloqotdagi muammolar, o‘zgarishlar yuzasidan tushunchalar berildi. Shu bilan bir qatorda, taʼlim va tarbiya jarayonlari mutaxassislar tomonidan ota-onalarga farzand tarbiyasi borasida zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berib borilmoqda.