Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 37-sonli maktabda o‘quvchi yoshlar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari tomonidan tashkillashtirildi.
Tadbirda faxriylar yoshlarga o‘zlarining ko‘p yillik tajribasi hamda so‘ngi yillarda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirib, yoshlarning savollariga batafsil javob berishdi.
Bu kabi tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar qalbida Vatanga muhabbat hisini mustahkamlash hamda ularda harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishdan iborat.