Qoʻqon shahаr hokimi Maʼruf Usmonovning Mehribonlik hamda Oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanuvchi bolalar, shuningdek, tutingan ota-ona bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektor rahbarlari, Prezident Xalq qabulxonasi, Milliy gvardiya va Prokuratura organlari vakillari ham ishtirok etdi.
Ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtgan suhbat davomida bolalar bilan suhbat tashkil etilib,ularning fikr-mulohazalari, qiziqishlari tinglandi va mavjud muammolar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuvdan soʻng, bolalar uchun madaniyat va istirohat bogʻiga ekskursiya tashkil etildi.