Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Islom Karimov nomidagi teatr va konsertlar saroyida viloyatdagi Oilaviy bolalar uylari, harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy xordiq olishlarini taʼminlash maqsadida madaniy maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning birinchi qismida, bolajonlar Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Akbarov bilan o‘zlarining taʼtil kunlaridagi taassurotlari hamda kelajakdagi maqsadlari borasida samimiy suhbat qurib, soha vakillari tomonidan o‘zlariga qaratilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Tadbirning ikkinchi qismida, viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan ijro etilgan Said Axmadning “UFQ” romani asosida tayyorlangan spektakl namoyish etildi. Tinchlikning qadriga yetish, bolalar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirishdan iborat bo‘lgan ushbu spektakl bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.