Bugun Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan vazirlik tasarrufidagi “Mehribonlik uylari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘ldi.
Vazir Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlari bilan tanishdi.
Ayni vaqtda Chirchiq shahridagi 14-sonli, Yunusobod tumanidagi 21-sonli hamda Chilonzor tumanidagi 22-sonli Mehribonlik uylaridagi bolalar dam olayotgan mazkur oromgohning moddiy-texnik bazasi va faoliyati o‘rganildi.
Bolalar bilan yoz mavsumini unumli o‘tkazish mavzusida suhbatlashildi.
Манба: Xalq taʼlimi vaziri