Xorazm viloyatida joylashgan Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarining navbatdagi 8 nafari o‘z oilasiga ega bo‘ldilar. Ushbu o‘g‘il-qizlarni tarbiyasiga olgan Ismailovlar oilasi xalqimizga xos ezgu ishga qo‘l urishlari munosabati bilan, yaqinlari, mahalla faollari va masʼul vazirliklar vakillari ishtirokida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy qilingan yangi tizim bo‘yicha bugunga qadar ushbu muassasadan 23 nafar o‘g‘il-qizlar oila sharoitiga va 5 nafar bolajonlar o‘z ota –onasi bag‘riga qaytarildi.