Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 30-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

10.5.2024 643

Bugun 30-Mehribonlik uyida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, Respublika estrada va sirk kolleji direktori o‘rinbosari G.Shuvalova, Bolalar psixologiyasi markazi psixologlari, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik M.Xo’janazarova, qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Bolalar bu kunga puxta tayyorgarlik ko‘rishdi. Ularni xoreograf V.Gordienko, rejissyor F.Usmonxo‘jaeva va uning o‘rinbosari F.Gabbasovalar birgalikda Ikkinchi jahon urushi yillarida yoshlar va bolalar taqdiri haqida hikoya qiluvchi sheʼr va qo‘shiqlar, raqs kompozitsiyalari, teatrlashtirilgan sahnalarni o‘rgatdilar. O‘quvchilar urush paytida xalqlar boshiga tushgan sinovlar, Ikkinchi jahon urushi frontlarida qatnashgan vatandoshlarimizning qahramonliklari, o‘zbek xalqining urushga qo‘shgan hissasi, fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba va O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan minglab bolalarning o‘zbek oilalari o‘z bag‘riga olgani haqida hikoya qiluvchi hujjatli kinoxronika va badiiy filmlardan parchalar namoyish etildi.

Konsert dasturidan so‘ng Milliy gvardiya qo‘mondoni so‘zga chiqib, bayram bilan barchani tabrikladi. Namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarning har birining qalbidan joy olganini taʼkidlab, kelgusi yil fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi nishonlanadigan mixim sanada, tarbiyalanuvchilarga katta sahnada o‘z isteʼdodlarini namoyish etish taklifini berdi.

Tadbir esdalik uchun suratga tushish va kechki choy ustida suhbat bilan yakunlandi, bolalar esa o‘zlarining orzu-istaklari bilan o‘rtoqlashdi.