Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarda vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ularda ijodiy-tahliliy fikrlash, moslashuvchan, o‘z fikrini ijodkorona yetkazib bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Jizzax shahridagi 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Mehr ulashing” aksiyasi doirasida «Yangi yilim – yaxshi yilim» nomli ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, mamlakatimizda amalga oshirilib kelayotgan bunyodkorlik ishlari va kelajak haqidagi tasavvurlarini qog‘ozga tushirdilar. Jizzax Davlat pedagogika institutining o‘qituvchilaridan tarkib topgan hakamlar ijodiy ishlarni baholashda mavzuga yangicha talqinda, erkin yondashilganiga va fikr-mulohazalar so‘zlar va tasvirlar orqali qanchalik ochib berilganiga eʼtibor qaratdilar.
Tanlovda «Eng yaxshi chizilgan rasm» va “Eng yaxshi yozilgan insho” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan tarbiyalanuvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar tarbiyalanuvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.