Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

YANGI O‘ZBEKISTONDA - YANGICHA TIZIM

10.8.2021 1388

Bugun 10 avgust kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev raisligida  “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarorining mazmun mohiyati, shuningdek ushbu yo‘nalishda tubdan yangilangan tizimni joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni  shaxsiy tarkibga yetkazishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Xalq taʼlimi, Sog‘liqni saqlash, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari hamda Mehribonlik uylari mutasaddi rahbarlari, viloyat va shahar hokimliklari, vasiylik va homiylik organlari masʼul xodimlari, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar, ushbu yo‘nalishga masʼul bo‘lgan Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining harbiy xizmatchi hamda xodimlari, shuningdek jurnalistlar ishtirok etishdi.

 Yig‘ilish davomida Milliy gvardiya qo‘mondoni yurtboshimiz raisligida
28 iyul kuni nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda aniq vazifalar va maqsadli yo‘nalishlar belgilab berilgani to‘g‘risida eslatib, ushbu yo‘nalishda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan  yangi tizimning mazmun-mohiyatini bir qator misollar bilan yoritib berdi.

Ochiq muloqot tarzida davom etgan yig‘ilish mobaynida hamkor vazirliklar mutasaddi rahbarlari so‘z olib, Mehribonlik uylari to‘g‘risida Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan taʼkidlab o‘tilgan muammoli masalalar va ularning yechimi to‘g‘risidagi takliflarini qo‘llab-quvvatlagan holda kelgusida hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirishga va  yangi bosqichga olib chiqishga so‘z berdilar.

Samimiy ruhda davom etayotgan va yoshlar taqdiri bilan bog‘liq muhim masalalarning yechimi o‘rtaga tashlanganidan to‘lqinlangan Mehribonlik uylari rahbarlari ham so‘zga chiqib, Mehribonlik uylarining faoliyat yuritishi Yangi O‘zbekistonimizga yarashmasligini, shuningdek oliyjanob xalqimiz tomonidan Oilaviy bolalar uylari tashkil qilinishi oqibatida mamlakatimizda “yetim” degan tushunchaga barham berilishiga ishonch bildirdilar.

 Xulosa sifatida shuni taʼkidlashimiz joizki, Milliy gvardiya va joriy qilingan yangi tizimga bildirilgan ishonch mazkur yo‘nalishga masʼul bo‘lgan barcha harbiy xizmatchi va xodimlarimizga katta masʼuliyat yuklash bilan birga ushbu muqaddas burchni ado etishda faxr va iftixor bag‘ishlaydi.