O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Yangi yil bayrami tоborа yaqinlashib kelmoqda.

30.12.2021 2579

Shu munosabat bilan joylarda bolajonlar uchun tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN, shuningdek, ota-onalari o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarning voyaga yetmagan farzandlari uchun ham bayram tantanalari o‘tkazilib, “Prezident sovg‘alari” topshirilmoqda.

Xususan, Poytaxtimizda joylashgan Mehribonlik uylarida tashkil etilgan bayram tadbirlarida xushovoz xonandalarning konsert dasturlari hamda ertak qahramonlarining chiqishlari va shu bilan bir qatorda bolajonlar tomonidan tayyorlangan turli hil badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari bayramga yana-da o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Ayniqsa, bayram tadbiri davomida murg‘ak bolajonlar tomonidan “Qorboboga xat” orqali bitilgan barcha istak-xohishlari ro‘yobi - o‘zlari orzu qilgan sovg‘alar xomiylar tomonidan bolajonlarga tantanali ravishda topshirildi. Jumladan, ular velosiped, telefon, planshet hamda boshqa bir qator qimmatbaxo sovg‘alarni juda katta his-xayajon bilan qabul qilishdi .

Shu bilan bir qatorda, “Tomosha” nomli bolalar teatrida yosh avlod uchun “Yo‘lbars afsonasi” nomli spektakl namoyish etildi. Qorbobo va qorqiz hamda ertak qahramonlarining chiqishlari bo‘lsa ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi. Bayram so‘ngida Prezident sovg‘alarining tantanali ravishda topshirilishi bo‘lsa, bolajonlarning xursandchiligiga yana-da quvonch baxsh etdi

Albatta, bolajonlar qalbida, yuz ko‘zida bir olam shodlik va quvonchni tuhfa eta olish - bu eng oliy insoniy fazilatlardan biridir.